VIR va ZARA
qissasi
Men 786-mahkum ,turma darchasidan ko’chaga boqgum
Kunlar , oylar, yillar o’tgani sari, ko’z lodimga kelar otam bog’lari
Bu oftob onamning yoshlik ko’zidur, yomg’ilar u ko’zning sog’inch so’zidur
Jondan o’tar ekan bul sovuq kunlar, Luri gulxanini qo’msayman tunlar
Tushimga har kecha kirar bir dilbar,o’zini shamsiya ,meni Vir atar
U aytar bu sening vataning emas, lek mening yurtimga qiladi xavas
Men 786-mahkum panjara ortidan yorimga boqgum,uning nazdida bizlar bir juft gul,va bir-birimizga o’xshaymiz butkul
Umid uyg’otadi duo singari, uning kulib aytgan sirli gaplari
Agar shodmon bo’lsam u ham suyinar, men uchun hammadan ko’proq kuyinar
Uning va’dalari axtu-paymoni, go’zal ko’rsatadi menga dunyoni
G’ayrat jo’sh uradi bilaklarimda, himmat paydo bo’lar yuraklarimda
O’zga yurtdagi bir begona g’uncha, nimaga men uchcun qayg’urar buncha
Uning nazdida biz bir juft guldaymiz,birga quvnagaymiz,birga kulgaymiz
Men 786- mahbus panjaradan ko’kka boqarman tuyqus,
osmon orzularim uning orzusi, u mening dilimning shimol yog’dusi
Qalbi ezgulikka to’la bu dilbar, men uchcun xattoki o’limga tayyor
U aytar bu sening vataning emas, lek mening elimga qiladi xavas
Uning nazdida biz bir juft lolamiz,faryodimiz birdir,birdir nolamiz
Mening xeshlarimga qilay deb xizmat, o’z azizlaridan kechgan u rahmat
Men 786-mahbus , turma darchasidan ko’klarga boqgum!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!



